Ma’lum qilinishicha, “Smart Library” “Innovative Centre” negizida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda yoshlarni nafaqat xorijiy tillarni o‘rganishga, balki zamonaviy texnologiyalarni amaliy qo‘llashga yo‘naltirgan holda ta’lim berib kelmoqda.
Tashrif davomida markazda tahsil olayotgan yoshlar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning IT sohasiga qiziqishi, ularning startap tashabbuslari hamda innovatsion g‘oyalari muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun: markaz bitiruvchilaridan biri — xalqaro sertifikatlarga ega Azizbek Eshimov sun’iy intellekt yo‘nalishida bir nechta startap loyihalarni ishlab chiqqan. Uning bilim va salohiyati inobatga olinib, u IT Park’ning yoshlar orasidagi elchisi (Ambassador) etib tayinlandi.