“Yulduz Tech Awards”: AT sohasida porlayotgan faol xotin-qizlar e’tirof etildi
2026-03-07 14:55

Raqamli texnologiyalar vazirligida AT sohasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning muvaffaqiyatlari va tashabbuslarini qadrlash va yanada yuksalishga turtki boʻlish maqsadida “Yulduz Tech Awards” taqdirlash marosimi tashkil etildi.

Mazkur tadbir xotin-qizlarning texnologiya sohasidagi o‘rni va rolini yanada mustahkamlash, ularning yutuqlarini keng jamoatchilikka namoyon etish hamda yangi avlod qizlarini AT yo‘nalishiga jalb qilishga xizmat qiladi.

Taqdirlash jarayonida AT ekotizimida faol faoliyat olib borayotgan 14 nafar xotin-qizlar turli yo‘nalishlardagi yutuqlari uchun mukofotlandi.

E’tiborlisi, taqdirlanganlar orasidan 2 nafar ishtirokchi joriy yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalari boʻlishdi.

G‘oliblarga hamkor tashkilotlar tomonidan esdalik sovg‘alari, maxsus statuetkalar hamda Coursera platformasida bepul ta’lim olish imkonini beruvchi vaucherlar topshirildi.


Taqdirlanganlar:

1. Yilning yetakchi ayol AT mutaxassisi: Dilbar Oʻrinboyeva

2. Eng innovatsion startap asoschisi: Iroda Muxiddinova

3. AT sohasida eng yaxshi o‘qituvchi: Inobat Jumayeva

4. AT sohasida yilning ayol mentori: Kamola Kadirova

5. AT sohasida yil talabasi: Malikaxon Qahhorova

6. Yilning eng faol AT ayoli: Saida Beknazarova

7. Sun’iy intellekt sohasi yetakchisi: Nodira Ibrogimova

8. Eng yaxshi ayol kiberxavfsizlik mutaxassisi: Sevinch Mavlonova

9. AT sohasidagi ilg‘or ayol rahbar: Biybinaz Turemuratova

10. AT orqali ijtimoiy ta’sir ko‘rsatgan loyiha: Orzugul Gʻoyibova

11. AT da investitsiya jalb qilgan ayol-tadbirkor: Maftunaxon Karimova

12. AT’dagi Yosh yulduz (21 yoshgacha): Malika Xojamuratova

13. Viloyatdagi raqamli rivojlanish yetakchisi: Sug‘diyona Axmadjonova

14. Eng yaxshi ayollar AT jamoasi: Risolat Ernazarova.

1104 просмотров
Дата изменения:2026-07-22 17:33