Muzokaralar davomida raqamli ta’limni rivojlantirish, chekka hududlarda AT ta’lim markazlarini tashkil etish, shuningdek, iqtidorli yoshlarni zamonaviy AKT jihozlari bilan ta’minlash ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi.
Tomonlar Yaponiya hukumatining Rivojlanishga rasmiy yordam (ODA) dasturi doirasida grant mablag‘larini jalb etish orqali O‘zbekistonda raqamli inklyuziya va barqaror rivojlanishga qaratilgan qo‘shma loyihalar konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Hamkorlik doirasida:
— mamlakatimizda Yaponiya raqamli markazini tashkil etish;
— yoshlarni raqamli ko‘nikmalar bilan keng qamrab olish va ularni zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash;
— raqamli inklyuziya va barqaror rivojlanishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda.
Mazkur hamkorlik O‘zbekistonda raqamli tafovutni qisqartirish, hududlar o‘rtasidagi imkoniyatlar tengligini ta’minlash hamda inson kapitalini rivojlantirishga xizmat qiladi.