Global Tech Weekend ilk bor O‘zbekistonda o‘tkaziladi
2026-05-13 17:20
15–17-may kunlari Toshkent shahri xalqaro texnologik hamjamiyatni birlashtiruvchi yirik innovatsion platformaga aylanadi. Los-Anjelesda boshlangan va keyinchalik Tbilisida mintaqaviy texnologik harakat sifatida rivojlangan Global Tech Weekend endilikda ilk bor O‘zbekistonda tashkil etiladi. IT Park Uzbekistan hamkorligida tashkil etilayotgan Global Tech Weekend 2026 doirasida poytaxt bo‘ylab 40 dan ortiq tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Uch kun davomida sizni nimalar kutmoqda:
— 120 dan ortiq mahalliy va xalqaro spikerlar;
— minglab startap asoschilari, investorlar, muhandislar va texnologiya ixlosmandlari;
— innovatsiya, networking va kreativ industriya vakillari bir platformada jam bo‘ladi.

Festival dasturidan:
Opening Wave — universitetlar, akseleratorlar va texnologik hamjamiyat tadbirlari;
The Main Wave — amaliy seminarlar, panel muhokamalar, loyiha taqdimotlari va biznes uchrashuvlari;
Final Wave — innovatsiya va madaniyatni birlashtiruvchi maxsus formatlar hamda ijtimoiy ta’sirga yo‘naltirilgan loyihalar.

Mazkur tadbir Markaziy Osiyoning global texnologik ekotizimdagi o‘rnini mustahkamlash, startaplar va innovatsion loyihalarni xalqaro maydonga olib chiqishda muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish 14-mayga qadar davom etadi.

Ishtirok etish uchun: https://luma.com/rllnpoxf?lm_source=embed

 


 

395 просмотров
Дата изменения:2026-07-24 16:36